Sport – nafislik, sog‘lomlik manbai
Davlatimiz rahbarining 2022 yil 7 martdagi tegishli farmoni bilan qabul qilingan 2022-2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturning 60-bandi ijrosini ta’minlash muhimdir.
Xotin-qizlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida haftaning har shanba kuni “Sport nafislik-sog‘lomlik manbai” shiori ostida tonggi yurish va badantarbiya mashqlari o‘tkazilishi belgilangan.

Joriy yilning 16 iyul kuni tonggi soat 7:30da Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida ham ana shunday yurish va badantarbiya mashqlari o‘tkazildi.
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining mas’ul xodimlari, shuningdek, hududdagi mahalla faollari, uy bekalari, korxona-tashkilotlardagi boshlang‘ich tashkilotlar a’zolari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan “Sport nafislik - sog‘lomlik manbaidir”, “Sog‘lom oila – sog‘lom kelajak”, “Sog‘liging boyliging”, “Sog‘lom ayol – sog‘lom jamiyat”, “Sog‘lom turmush tarzi salomatlik garovi” kabi shiorlar ostida o‘tgan badantarbiya va yurish mashqlari sport tadbirining yanada jozibadorligini ta’minladi.
N.Usmonova, O‘zA