Sport amaliyotiga ilm-fan yutuqlarini joriy etish masalalari muokama qilindi
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida 2026-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.
Ilmiy-tadqiqotlar natijadorligini oshirish, sport amaliyotiga ilm-fan yutuqlarini joriy etish, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini mustahkamlash hamda institut faoliyatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, sportchilar tayyorgarligi va musobaqa faoliyatiga oid ma’lumotlarning yagona ilmiy-axborot bazasini shakllantirish, sport natijadorligini prognozlash, jarohatlanish xavfini barvaqt aniqlash, sport tibbiyoti va reabilitatsiya yo‘nalishlarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, laboratoriyalar faoliyatini takomillashtirish hamda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha vazifalar ko‘rib chiqildi.
Muhokamalar jarayonida shuningdek, kadrlar salohiyatini oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, “Scopus va Web of Science” bazalarida indekslanuvchi ilmiy maqolalar sonini ko‘paytirish hamda yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari tahlil qilindi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA