Soliqdan yashirilgan 9 milliard soʻm
Poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan “W.T.” masʼuliyati cheklangan jamiyati mansabdor shaxslari 2019-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan 61,1 milliard soʻmlik yuqori likvidli mahsulotlar import qilgan.

Ushbu mahsulotlarning 44,9 milliard soʻmligini naqd pulga sotib, savdo tushumini bank muassasasiga kirim qilmagan. 2019-yil ikkinchi choragi yakuni boʻyicha mablagʻ aylanmasi hisobotlardan yashirilib, byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan qariyb 9 milliard soʻm qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan qasddan boʻyin tovlangan.
Bu Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Yunusobod tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.
Vaholanki, korxona mansabdor shaxslari soliq toʻlovlarini byudjetga toʻlashi lozimligi tushuntirilib, 2019-yil yil 5-oktyabrda rasman ogohlantirilgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga koʻra, mazkur holat yuzasidan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 184 va 189-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.