So‘lim tabiat qo‘ynidagi dam olish maskani
Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish, sayyohlik ob’ektlaridan samarali foydalanish va ko‘rsatilayotgan xizmat turlari sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Navoiy viloyatida ham turizmni yanada rivojlantirish va servis xizmatini yaxshilash birlamchi vazifalardan biriga aylangan. Viloyatdagi “Muhabbat bog`i” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan “Grand Sarmishsoy” dam olish maskani mahalliy va xorijiy sayyohlarnng sevimli maskaniga aylangan.
Qariyb 7 gektar maydondagi dam olish maskanida har biri ikki va to‘rt xonali 30 ga yaqin kottej mavjud. Bu yerda bir vaqtning o‘zida 90 nafar sayyohga xizmat ko‘rsatiladi.
– Mazkur loyihani amalga oshirishda “O‘zmilliybank” AJning 9 milliard so‘mlik kredit mablag‘idan unumli foydalanildi, – deydi “Muhabbat bog`i” MCHJ mas’ul xodimi Soli Fayziyev. – Ushbu maskanning qurilish ishlari 2018 yilda boshlangan edi. Qisqa muddatlarda foydalanishga topshirilgan maskan ishga tushishi natijasida 20 nafar mahalliy aholi vakillari ishli bo‘ldi.
Navoiy shahridan 30 kilomter uzoqlikda joylashgan dam olish maskanida sayyohlarga barcha sharoit va qulayliklar yaratilgan. Bu yerga keluvchilar so‘lim tabiat qo‘ynida maroqli dam olishlari, “Sarmishsoy” petrogliflarini tomosha qilishlari mumkin.
[gallery-4506]
Abduvali Bo‘riyev,
Siroj Aslonov (surat), O‘zA