Sog‘lom bola – jamiyat boyligi
Qarshi shahridagi 14-maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchilarning har tomonlama sog‘lom voyaga yetishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Qarshi shahridagi 14-maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchilarning har tomonlama sog‘lom voyaga yetishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.– Tarbiyalanuvchilar uchun reja asosida «Quvnoq startlar», «Sog‘lomjon – polvonjon», «Kichkintoy – shirintoy», «Alp bolajon – mard bolajon» kabi turli musobaqalar o‘tkazish muntazam yo‘lga qo‘yilgan, - deydi muassasa bosh hamshirasi Zuhra Bilolova. – Bu esa ularning jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk ulg‘ayishi, to‘g‘ri fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qiladi.