Sirdaryoda ham turizm rivojlanadi
Samarqand shahrida BMT Butunjahon turizm tashkilotlari Bosh assambleyasi(UNWTO)ning 25 sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli tadbir doirasida Global investitsiya forumi va ko‘rgazma ham tashkil etildi. Forumning dastlabki kunida Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosarlari Shoxruh Isoqulov va Bahodir Botirov Rossiya, Vetnam va Tojikiston davlatlari vakillari bilan muzokaralar olib bordi. Muloqotlar davomida Sirdaryoning turistik-investitsion salohiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi va hamkorlik bo‘yicha ilgari surilgan qator takliflar muhokama qilindi.



Muloqot yakunida 18 million AQSH dollari qiymatidagi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan oltita memorandum imzolandi.
Sh.Suyarov,
O‘zA