Sirdaryoda ham avtomobil ishlab chiqariladi
Prezidentimizning joriy yil aprel oyida Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyatni innovatsion hududga aylantirish, har bir tuman va shaharda texnoparklarni rivojlantirish, bunda Xitoy tajribasini joriy qilish bo‘yicha yo‘nalishlar belgilab berilgan edi.
–Ana shu rejalar natijasi o‘laroq Xitoy va Sirdaryo viloyati hamkorligidagi loyihalarning qiymati 1,5 milliard dollarga yetdi, – deydi viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev. – Bu loyihalar 2023-2025 yillarda amalga oshiriladi. Shu asosda, viloyatda Xitoyning “Exeed” brendi ostida avtomobillar ishlab chiqarila boshlanadi. Buning uchun avtomobillarni ishlab chiqarish uchun kerakli texnika va jihozlar olib kelingan.




Shuhrat SUYAROV, O‘zA