Sirdaryo xabarlari – qisqa satrlarda
Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi faollar zalida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi faollar zalida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Unda sohada amalga oshirilayotgan ishlar xususida soʻz yuritildi. Jumladan, Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi Otabek Mavlonberdiyev anjumanga tashrif buyurgan mahalliy va respublika ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar uchun Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi va joylardagi davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, aholiga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari, qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, joriy etilayotgan yangi xizmatlar boʻyicha maʼlumot berdi.
Tadbir soʻngida ishtirokchilar davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatilayotgan xizmatlarga oid oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.
* * *
Yangi yil bayrami arafasida Sayxunobod tumanidagi Shodlik mahallasida 130-oʻrinli 6-, Doʻstlik mahallasida 160-oʻrinli 18-, Ittifoq mahallasida 90-oʻrinli 11- va Oʻzbekiston mahallasida 25-oʻrinli oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirlarda Sirdaryo viloyati hokimi oʻrinbosari Otabek Nosirov va boshqalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar oʻzining yorqin samaralarini berayotgani, tumanda bolajonlarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga qamrab olish 60 foizdan oshganligini taʼkidlab, viloyat hokimining maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bergan kitoblar jamlanmasi va bolajonlarga bayram sovgʻalarini topshirdi.
* * *
Tadbir Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati kengashi homiyligidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti, viloyati xalq taʼlimi, madaniyat boshqarmalari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etildi.
– Festivalning asosiy maqsadi iqtidorli bolalarni aniqlash, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning isteʼdod va mahoratlarini namoyon qilishlari uchun imkoniyat yaratish, yosh avlodning maʼnaviy olamini boyitish, madaniy saviyasini yuksaltirish, sanʼat va goʻzallikka intilishini kuchaytirish, milliy sanʼat anʼanalari va yoʻnalishlarini saqlab qolish, rivojlantirish va davom ettirishdan iboratdir, – deydi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisining matbuot kotibi, Axborot siyosati masalalari boʻyicha raisning maslahatchisi Anvar Tuychiyev.
Tanlovning tuman va shahar bosqichlaridan gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 350 nafar iqtidorli bolalar mumtoz, milliy va akademik ijro, xalq cholgʻulari, raqs, tasviriy va amaliy sanʼat hamda nazm, nasr yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro bellashadi.
Festival yakuniga koʻra 24 nafar bola viloyat bosqichi gʻolibligini qoʻlga kiritib, respublika bosqichiga yoʻl oldi.
Gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilarning diplom, faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
* * *
Tadbir viloyat xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etildi.
– Bugungi tanlovda taqdirlangan har bir ayol viloyatimiz fuqarolari hayotida, mehnat faoliyatida, oilalar farovonligida oʻz oʻrniga ega, – deydi viloyat hokimi oʻrinbosari, viloyat xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Dilfuza Oʻrolova. -– Ularning har biri faoliyati ibratli, bizning safimizda ana shunday fidoyi va faol ayollar koʻpayishini, har bir sirdaryolik xotin-qiz biz bilan birgalikda “Oʻzbek ayoli” degan nomni sharaflab, viloyatimiz, yurtimiz ravnaqiga hissa qoʻshishlariga ishonchim komil.
Koʻrik-tanlov ishtirokchilarining 11 nafari turli nominatsiyalar boʻyicha gʻolib deb topildi.
“Eng faol hamkor tashkilotlar” nominatsiyasida Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha viloyat kengashi bosh mutaxassisi Sayyora Oʻdayeva, “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya fondi viloyat boʻlimi direktori Yulduzxon Usmonova, “Eng faol targʻibotchi ayol” nominatsiyasida viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Zebo Haydarova taqdirlandi.
Tanlovning mutlaq gʻolibi deb viloyat “Tadbirkor ayollar” uyushmasi rahbari Gulchehra Jonjigitova eʼlon qilindi.