Si Szinpin va Tramp “Osmon ibodatxonasi”ni ziyorat qildi
Aks-sado
Ommaviy axborot vositalarining Pekindan xabar berishicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp Xitoy Davlat kengashi Raisi Si Szinpin hamrohligida “Osmon ibodatxonasi”ga tashrif buyurdi. Tarixi 600 yildan ziyod bo‘lgan bu obidaning falsafasi haqida Si Szinpin Donald Trampga so‘zlab bergan. Uning ta’kidlashicha, “Osmon ibodatxonasi” taqiqlangan shahar bilan tengdoshdir. U dumaloq osmon va to‘rtburchak yer haqidagi tasavvurni mujassam etadi hamda Xitoyning dunyoqarashi va olamga munosabat falsafasini aks ettiradi.
“Osmon ibodatxonasi” Xitoyning eng mashhur va qadimiy ziyoratgohlaridan biridir. Ilgariroq bu yerga AQSHning sobiq prezidenti Djerald Ford, “xitoy xalqining eski do‘sti” Genri Kissindjer o‘n martadan ortiq kelib, doimo katta qiziqish bildirgani aytiladi.
“Osmon ibodatxonasi” o‘zining noyob me’morchiligi va chuqur madaniy mazmuni tufayli madaniyatlararo muloqot ko‘prigiga aylangan. Davlat rahbarlari ko‘zdan kechirgan “Yaxshi hosil uchun ibodat” zali birorta mix ishlatilmagan an’anaviy yog‘och birikmalari aniqligini hamda astronomik tasavvurlar bilan bino me’morchiligining uyg‘unligini o‘zida mujassam etadi.
Aslida ibodatxona tabiat va davr talabiga mos yashash qonuniyatlarini va tarixiy an’analarga mos harakat qilishni anglatadi. Bu falsafa bugungi Xitoy–AQSH munosabatlari uchun ham chuqur ma’noga ega.
“Osmon ibodatxonasi”ga tabiatdan dehqonchilik uchun qulay ob-havo va xalq farovonligini tilab keladilar. “Yaxshi hosil uchun ibodat zali” nomining o‘zi mo‘l hosil tilagini ifodalaydi hamda davlat ravnaqi va xalq farovonligiga bo‘lgan samimiy intilishni aks ettiradi.
Har narsaga hayratlanmaydigan AQSH Prezidenti OAVlarda yozilishlaricha, “Osmon ibodatxonasi” qarshisida ikki qo‘lini juftlab ta’zim qilgani bejiz emas edi. U 600 yildan ortiq vaqt davomida saqlanib qolgan “Osmon ibodatxonasi” hanuz ulug‘vor qad rostlab turganini, Xitoy mumtoz me’morchiligining nafis san’ati va an’anaviy madaniyatining chuqurligini namoyon etishini, bu esa unda samimiy hayrat uyg‘otganini ta’kidladi.
Xitoyga tashrifi davomida Donald Tramp ilk bor Si Szinpin Xitoy Kommunistik partiyasi Xitoy sivilizatsiyasining insonparvarlik g‘oyalarini davom ettirib, mamlakatni rivojlantirayotganini, xalq uchun xizmat qilish tamoyiliga qat’iy amal qilayotgani sababli xalqning mustahkam qo‘llab-quvvatlashi va samimiy ishonchiga sazovor bo‘lganini qayd etdi.
Xitoy dunyoviy borliq – materializm falsafasiga asoslansada, Davlat kengashi raisi Si Szinpin va Prezident Donald Tramplarning mazkur muqaddas ibodatgohga tashriflari dunyoning ikki qudratli davlatlari o‘rtasidagi sovuqchilikni ko‘tarib yuboradi, deb ishonilmoqda.
Muhammadjon Obidov, O‘zA