Shonliurfada sel 13 kishini hayotdan olib ketdi
Turkiya janubi-sharqidagi Shonliurfa viloyatida sodir bo‘lgan sel oqimi 13 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Shu kuni hududda kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida ma’muriy markaz ko‘cha va xiyobonlarini suv bosgan.
Viloyat o‘t o‘chirish xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Veysal Qaroniy mavzesidagi bino yerto‘lasidan besh kishining jasadi topilgan. Ular Suriya fuqarolari ekani aniqlandi.
Shu tariqa, Shonliurfadagi tabiiy ofat qurbonlari soni 13 nafarga yetdi. Shahar bo‘ylab zarar darajasini aniqlash va odamlarga yordam ko‘rsatish jarayoni davom etyapti.
O‘zA