Shohrux Mamedov — Paraosiyo o‘yinlari chempioni!
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan Paraosiyo o‘yinlarida delegatsiyamiz hisobidagi oltin medallar soni yana bittaga oshdi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, para dzyudo bo‘yicha ilk oltin medal qo‘lga kiritildi. Erkaklar o‘rtasida J1 klassida 81 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Shohrux Mamedov musobaqa g‘olibiga aylandi.
Ayni damga kelib, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 34 taga yetdi. Hamyurtlarimiz hozirga qadar 9 ta oltin, 15 ta kumush va 10 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA