Sho‘rchida yangi sport majmuasi
Sho‘rchi tumanida yangi sport majmuasi foydalanishga topshirildi.
Sho‘rchi tumanida yangi sport majmuasi foydalanishga topshirildi.Tuman hokimi X.Mamatqulov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida xotin-qizlarning jamiyatdagi roli va mavqeini mustahkamlash, tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash, jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalash borasida ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik yuksak samara berayotganini ta’kidladi.
“Diamond” korxonasi rahbari Sayyora Abrayqulova tashabbusi bilan bunyod etilgan mazkur sport majmuasiga 150 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi.
“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi doirasida Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan “2014-yilning eng yaxshi loyihasi” tanlovining mamlakat bosqichida ikkinchi o‘rinni egallagan bu tadbirkor ayolning mazkur loyihasini amalga oshirish uchun 60 million so‘mlik imtiyozli kredit ajratildi.
– Bu yerda mahallamiz xotin-qizlari yengil atletika, basketbol, voleybol, minifutbol bilan shug‘ullanishi va turli musobaqalar o‘tkazishi uchun barcha qulaylik yaratildi, – deydi S.Abrayqulova. – Tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlab, o‘z biznesimizni rivojlantirishga ko‘rsatayotgan e’tibori uchun Yurtboshimizdan cheksiz minnatdormiz.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova so‘zga chiqdi.