SHHTga a’zo davlatlar Bosh prokurorlari yig‘ilishi o‘tkazildi
Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ga a’zo davlatlar Bosh prokurorlarining 23-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Pokiston Islom Respublikasi raisligida o‘tgan tadbirda SHHTga a’zo barcha davlatlarning yuqori darajadagi delegatsiyalari ishtirok etdi. SHHT kotibiyati tomonidan Bosh kotib o‘rinbosari Oleg Kopilov ishtirok etdi.

Tomonlar SHHT doirasida huquqiy hamkorlik va o‘zaro muvofiqlashtirish mexanizmlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratgan holda prokuratura organlarining funksiyalari va roli yuzasidan fikr va amaliy tajriba almashdi.
Muhokama davomida jinoiy sudlov, huquqiy yordam, korrupsiyaga qarshi kurashish, nizolarni hal etish, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, ekstraditsiya va noqonuniy olib chiqilgan aktivlarni qaytarishga qarshi kurashish, betaraflik va xolislikni ta’minlashda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Rossiya tashkilotga a’zo davlatlar Bosh prokurorlarining joriy yilning oktabr oyiga mo‘ljallangan navbatdagi yig‘ilishi haqida ma’lumot taqdim etdi.
N.Abduraimova, O‘zA