SHHT raisligini O‘zbekiston qabul qilib oldi
Ayni paytda Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining yubiley sammiti davom etmoqda.
Yig‘ilishni Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon ochib berdi va navbatdagi raislik O‘zbekistonga berilganini e’lon qildi.
SHHT Davlat rahbarlari kengashi sammitida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Eron Prezidentlari, Pokiston, Mo‘g‘uliston, Rossiya va Xitoydan rasmiy vakillar, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari bevosita ishtirok etmoqda.
Xitoy Xalq Respubikasi Raisi Si Szinpin, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi yig‘ilishda onlayn qatnashmoqda.