Shaxmatchilarimiz g‘alabasi
Malayziyada xalqaro shaxmat festivali doirasida o‘tkazilgan turnirlarda o‘zbekistonlik xalqaro grossmeysterlar Jahongir Vohidov va Dmitriy Qayumov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Malayziyada xalqaro shaxmat festivali doirasida o‘tkazilgan turnirlarda o‘zbekistonlik xalqaro grossmeysterlar Jahongir Vohidov va Dmitriy Qayumov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.Iqtidorli shaxmatchi J.Vohidov “12th IGB Dato’ Arthur Tan Malaysian Open 2015” turnirida birinchi o‘rinni egalladi. U to‘qqiz partiyada hindistonlik Reddi Chakravarti, filippinlik Emmanuel Senador, Oliver Dimakiling, vetnamlik Tanx Ninx Vo, Van Xyu Nguyenni mag‘lubiyatga uchratib, avstraliyalik Anton Smirnov, Moultun Li, vetnamlik Tuan Minx Li va hindistonlik Shiyam Nikxil bilan durang o‘ynadi. To‘qqiz imkoniyatdan yetti ochko jamg‘argan hamyurtimiz qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Faxriylar o‘rtasida o‘tkazilgan “6th KLK Tan Sri Lee Loy Seng Seniors Open 2015” turnirida qatnashgan D.Qayumov esa to‘qqiz turning yettitasida vetnamlik Duk Xay Lu, Tat Tang Dang, malayziyalik Jaks Tam Tik Xong, Jimmi Liyu Chi-Meng, filippinlik Ireneo Gonsalez, Efren Bagamasbad va Martin Gatikales ustidan g‘alaba qozonib, ikkitasida indoneziyalik Ronni Gunauan va rossiyalik Aleksandr Fominix bilan durang o‘ynadi va sakkiz ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi.