Şaxmat: Jahon çempionatida Bekmuratov çempionlikka, Omonova sovrindorlikka erişdi
Birlaşgan Arab Amirliklarining Al-Ayn şahrida 20 yoşgaça bölgan şaxmatçilar örtasida ötayotgan jahon çempionatining rapid bahslari yakunida hamyurtimiz Humoyun Bekmuratov ğoliblikni qölga kiritdi.
Ötkazilgan 9 ta turdan iborat bahslarda Humoyun Bekmuratov 6 ta ğalaba va 3 ta durang natijani qayd etdi va 7,5 oçko jamğarib, 20 yoşgaça bölganlar orasida rapid yönalişida jahon çempioni, degan şarafli nomga ega çiqdi.

50 ga yaqin mamlakatning 91 nafar eng mahoratli şaxmatçi yoşlari iştirok etayotgan dunyo birinçiligining rapid yönalişida Özbekiston terma jamoasi aʼzolaridan Muhammadzohid Suyarov 5 oçko bilan 22, 4,5 oçko töplagan Muzaffarjon Abdurasulov 40, 4 oçkoga egalik qilgan Usmonxon Tohirjonov 53-örindan joy oldi.

Rapid yönalişining ayollar bölimida Umida Omonova 6,5 oçko bilan qöşimça körsatkiçlar evaziga kumuş medalni qölga kiritgan vaziyatda isteʼdodli şaxmatçi qizlarimizdan Afruza Hamdamova 6,5 oçko bilan 5-örinni, Nilufarxon Imomqöziyeva 5 oçko bilan 16-poğonani band etdi.

Bugun, 5-noyabr kuni jahon çempionatining 13 ta turdan iborat blits öyinlari boşlanadi.
Çempionat dasturiga binoan bugun kun davomida 9 ta tur öyinlari ötkazilsa, ertaga qolgan 4 ta tur öyinlari natijasida musobaqaning ğolib va sovrindorlari aniqlanadi.
Tölqin Röziyev, ÖzA