Shaxmat g‘oliblari taqdirlandi
Jizzax shahridagi “Yoshlar markazi”da bir necha kun davom etgan shaxmat bo‘yicha “Respublika OPEN” turniri nihoyasiga yetdi.
Turnirda Toshkent shahari, Samarqand, Sirdaryo, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Navoiy, Toshkent viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qiz shaxmatchilar ishtirok etdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarga mezbonlik qilgan Jizzax viloyati yoshlari “Respublika OPEN” turnirining 3 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza medallarni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida yetakchi bo‘ldi. Respublikamizning boshqa hududlaridan kelgan yosh shaxmatchilar 6 ta oltin, 5 ta kumush, 6 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishga sazovor bo‘ldi.


Turnirning g‘olib, sovrindor va unda eng faol ishtirok etgan yoshlar tashkilotchilarning diplom, tashakkurnoma, qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA.