Shaxmat bo‘yicha yangi chempionlar nomi ma’lum bo‘ldi
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida 8 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida 11 kun davom etgan mamlakat chempionati bahslari nihoyasiga yetdi.
236 nafar shaxmatchi ishtirok etgan turnirda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Mumtozbegim Sobirova, Mohinaxon Karimova, Sevinch Davlatova, Abdurahmon Rajabov, Oriyat Obidjonov, Abdumajid Botiraliyev kabi yosh shaxmatchilar o‘z guruhlarida g‘olib bo‘ldi.
[gallery-10551]
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA