Sharabidin Dadajonovning texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi ishining himoyasi to‘g‘risida
“Eshilgan iplar ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish va eshish nazariyasini rivojlantirish” mavzusida
Sharabidin Dadajonovning 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi bo‘yicha, “Eshilgan iplar ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish va eshish nazariyasini rivojlantirish” mavzusida, texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishining himoyasi Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.15.03 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 8-may kuni soat 13:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 160103, Namangan shahri, Gulobod MFY, Janubiy aylanma yo‘li ko‘chasi, 17-uy.
tel./faks: (+998) 69 234-14-85