2016-yil 5-mart shanba dam olish kunini 2016-yil 7-mart dushanba kuniga ko‘chirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriXalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida:
2016-yil 5-mart shanba dam olish kuni 2016-yil 7-mart dushanba kuniga ko‘chirilsin;
2016-yil 5-mart shanba kuni ish kuni deb e’lon qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri,
2016-yil 12-fevral