Sergey Fomin “Moldova Open”da g‘olib bo‘lmoqchi
Moldovaning Kishinyov shahrida tennis bo‘yicha “ATP Challenger” turkumiga kiruvchi “Moldova Open” turnirida hamyurtimiz Sergey Fomin yakkalik bahslarining asosiy to‘riga yo‘l oldi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, saralashning hal qiluvchi bellashuvida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin ruminiyalik Drago Kazachuga qarshi kortga chiqdi va 6:2, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa birinchi davraga chiqqan Sergey bugun hindistonlik Sumit Nagal bilan raqobatlashadi.
Ma’lumot uchun, “Moldova Open” turnirining mukofot jamg‘armasi 160 ming 680 yevroni tashkil etadi. Yakkalik bellashuvlarida g‘olib bo‘lgan tennischi tashkilotchilar tomonidan 23 ming 750 ming yevro hamda 100 reyting ochkosi bilan taqdirlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA