Sergaklik va ogohlikka chorlab...
bugungi GAZETALARDA
Ijtimoiy-siyosiy voqealardan xabardorlik – insonni hamisha sergaklik va ogohlikka chorlab turadi. Kundalik gazetalar orqali kunning muhim yangiliklaridan boxabar bo‘lib boramiz.
«Yangi O‘zbekiston» gazetasining bugungi sonida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash masalalari bo‘yicha o‘tgan videoselektor yig‘ilishiga bag‘ishlangan sharh, davlat rahbarining «Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilingan.
«So‘xda bahor nafasi», «Zaytun va soya» – yaqinda import o‘rni qoplanadi» nomli maqolalarda hududlardagi hayot, qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuvlarni ko‘ramiz. «Tinchlikning qadriga yetib, shukrini ado eting», «Mehr»dek qadrli, hayot kabi totli» sahifalarda tinchlik, uning qadri, shukr qilishga da’vat ko‘ngilingizda aks-sado berib turadi. Usmon Nosir tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan «O‘chmas chiroq yanglig‘»maqola maroq bilan o‘qiladi.
«Xalq so‘zi» gazetasining bugungi sonida bir qator muhim maqolalar e’lon qilingan. O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri, qishloq xo‘jaligi fanlar nomzodi Shavkat Hamroyevning «Bu yil 7 milliard metr kub suv iqtisod qilinadi» maqolasi, albatta, e’tiborni o‘ziga tortadi. Dunyoda, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasida suv muammoga aylanib borayotgan bir paytda bu maqola ko‘pchilikning e’tibor markazida bo‘ladi.
«O‘zbekiston va BMT: Inson qadr-qimmati yo‘lidagi 30 yillik hamkorlik» sahifasi, «Adash ko‘chalarda adashmang yoxud bitta tumanda 32 ta ko‘cha nomi bir xil ekanligini qanday izohlash mumkin?» maqolalari ham mazmun-mohiyati bilan e’tiborli.
“Hurriyat”da chuqur tahlilga asoslangan maqolalar anchagina. «Bugunning gapi» ruknida berilgan «Hammasi el farovonligi uchun» maqolasi zamirida yurt tinchligi, Vatan osoyishtaligi barcha narsadan muhim, azizroq ekanligini ko‘ramiz. Zulfiyaning boqiy satrlari – «Bahor keldi seni so‘roqlab» ko‘ngillarimizni yana bir bor junbishga keltiradi. «Ko‘hna Nasafning yangi mahallalari», «Atirgul» – jurnalist ayollarga munosib tuhfa» maqolalarida «kun yangiliklari»ni ko‘rasiz. Adabiyot sahifasida Qosimjon Akbarovning she’rlari, Farrux Jabborovning «Topar oyi» hikoyasi yaxshi taassurot qoldiradi.
“Oʼzbekiston ovozi” газеtaсиda ko‘klam ifori ufurib turadi. «Xotin-qizlar» uchun ulkan imkoniyatlar belgilandi» sahifasi bunga yorqin misol. «2 mart – O‘zbekiston BMTga teng huquqli a’zo sifatida qabul qilingan kun», «Og‘ir yengil, uzoqlar yaqin bo‘lmoqda», «Qoraqalpog‘istonliklarning cheksiz mehri», «Bir juft gul» maqolalarida kecha va bugungi O‘zbekiston manzaralarini ko‘rasiz.
“Milliy tiklanish”ning bugungi sonida e’lon qilingan «Og‘izbirchilik fenomeni» maqolasi e’tiborni tortadi. «Partiyalar qachon uyg‘onadi?», «Akademik halollik kerakmi?», «Janob deputatlar, muammolar qog‘ozlarda qolib ketmaydimi?», «Noqonuniy maqbara» kabi maqolalar gazetaning bugungi qiyofasini belgilaydi.
«Maʼrifat»ning bugungi sonida e’lon qilingan «Nega dars qilmading, deyishmasinmi!?» maqolasidagi savol sizga ham qaratib aytilganini his etasiz. «Ta’limda himoya zarur yoxud hokimlarning xurmacha qiliqlari», «Bolalarni «Barkamol avlod» to‘garaklariga bering!», «Ustoz, sizni tinch qo‘ymaymiz» kabi maqolalar ruhida ta’lim-tarbiyaga e’tibor masalalari yotadi.
bugungi gazetalarni o‘qing...
A.Narzulloyev, O‘zA