Senat urush harakatini cheklash to‘g‘risidagi rezolyutsiyani rad etdi
Respublikachilar ustunligidagi Senat chorshanba kuni Prezident Donald Trampning Eronga qarshi harbiy harakat olib borish qobiliyatini cheklashga qaratilgan, harbiy vakolat to‘g‘risidagi rezolyutsiyani rad etdi. Bu haqda "NBC News" yozgan.
Hujjat 47 ga 53 nisbatda ma’qullandi, biroq bu qabul qilish uchun zarur oddiy ko‘pchilik ovoz uchun yetarli emas.
Pensilvaniya shtatidan senator Jon Fetterman taklifga qarshi chiqqan yagona demokrat, Kentukki shtatidan senator Rend Pol esa loyihani yoqlagan birgina respublikachi bo‘ldi.
Virjiniya shtatidan demokrat senator Tim Keyn tomonidan taqdim etilgan rezolyutsiyada "Qo‘shma Shtatlar kuchlarini Eron ichidagi jangovar hududlardan olib chiqishi zarurligi, urush e’lon qilish yoki harbiy kuch ishlatish uchun maxsus vakolat bilan aniq ruxsat etilgan hollar esa bundan mustasno ekanligi" ta’kidlangan.
Demokratlar Konstitutsiyada Kongressga urush e’lon qilish vakolati berilganini eslatgan.
Ovoz berish jarayoni esa qonun chiqaruvchilarga Eron urushini muhokama qilish uchun ilk imkoniyatni berdi.
Avvalroq respublikachilar va demokratlar AQSHning Eronga hujumini turlicha baholayotgani haqida xabar qilingan edi.
G.Sattorova, O‘zA