Sayyor qabulda muammolar yechim topdi
Buxoro viloyati Peshku tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazida Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Umid Umarov boshchiligida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda tumandagi yakka-yolg‘iz, o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar ishtirok etib, muammolarini bildirishdi.
–Sayyor qabulda jami 26 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 7 tasi joyida ijobiy hal etildi, –deydi Peshku tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi rahbari Inomjon Hamroyev. –Shu bilan birga nogironligi bor shaxslarga nogironlik aravachasi, qo‘ltiq hassa, sensor hassalar taqdim etildi.
[gallery-15321]
Boshqa murojaatlar yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi hamda ularning ijrosi yuzasidan mas’ullar belgilandi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat),
O‘zA muxbirlari