Saxovat va ko‘mak azaliy qadriyat
Qashqadaryo viloyati “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga saxovat va ko‘mak ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shahrisabz tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi tasarrufida ochilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan joriy yilning o‘tgan 5 oyida 63 ta oilaga 207 million so‘m davolanish uchun moddiy yordam ajratilgan. 43 ta oilaga oilaviy sharoitini yaxshilash maqsadida 69 million so‘m berilgan. 210 ta oilaga 101 million so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, oilaviy daromadini oshirish maqsadida 8 million so‘mlik 3 dona tikuv mashinasi va 2 dona elektr pechlar olib berilgan.

– Tumanimizdagi ehtiyojmand, kam taminlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash fondimizning asosiy maqsadiga aylangan, – deydi Shahrisabz tumani “Mahalla” xayriya jamoat fondi rahbari Sh.Usmonov.

– Yaqindagina tumandagi Shamaton mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi boquvchisini yo‘qotgan Dildora Do‘stmatova, Xontepa mahalla fuqarolar yiginida yashovchi nogironi bor fuqaro Mavjuda Allayeva, Chorbog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi boquvchisini yo‘qotgan fuqaro Gulshan Eshonqulovaga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Bu kabi ezgu tadbirlar muntazam amalga oshiriladi.

O‘lmas Barotov, O‘zA