Saudiya Arabistoni vaziri bilan muloqot
23 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar davlat vaziri Odil al-Jubayr bilan videokonferens-aloqa shaklidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sohalarga oid hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Mintaqadagi vaziyat, jumladan, Afg‘onistondagi voqealar rivoji, shuningdek, tomonlarning xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro munosabatlari masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
[gallery-3548]
O‘zA