Sardobaning ko‘p qavatli uylaridagi muammolar bartaraf etilmoqda
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ishchi guruhi tomonidan Sirdaryo viloyati Sardoba tumani hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va boquvchisini yo‘qotgan oilalar muammolari o‘rganildi.

O‘rganish davomida "Do‘stlik" mahallasi Ko‘kcha ko‘chasi 22-14-son va Minor ko‘chasi 2-3-son ko‘p qavatli uylarni yerto‘la qismidan o‘tgan ichimlik suvi quvurlari havo harorati pastligi sababli muzlaganligi maxsus isitish uskunalari yordamida eritilib, yorilgan quvurlari ta’mirlandi.

Qolaversa, Ko‘kcha ko‘chasidagi 16-18-ko‘p qavatli uylarda oqova suv quvurlari ham muzlashi tufayli quvurlar tozalanib, qayta ishga tushirildi. Bundan tashqari 28-29-30-34-35-36-ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklaridagi oynalari ta’mirlanib, issiqlik saqlanishi ta’minlandi.

Aholi xonadonlarida ichimlik suvi quvurlari ham santexnik xodimlari tomonidan xatlov qilinib, dispetcherlik xizmati murojaatlari asosida bartaraf etildi.
Sh.Suyarov, O‘zA