Santo-Domingo tungi klubida fojia
Dominikan Respublikasi poytaxtidagi “Jet Set” nomli tungi ko‘ngilochar maskanda bino tomi qulab tushishi oqibatida 79 kishi halok bo‘lgani, 150 dan ziyod odami jarohatlangani aytilmoqda. Bu haqda BBC yozdi.
Qurbonlar orasida mahalliy gubernator va Beysbol ligasi sobiq o‘yinchisi Oktavio Dotel ham bor. 51 yoshli sportchi vayrona ostidan olib chiqilgach, kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etgan.
Voqea seshanba kuni erta tong mashhur qo‘shiqchi Rubbi Peresning konsertida yuz berdi. Artist ham yiqilgan tom ostida qolgan.
Hodisa joyida 400 ga yaqin qutqaruvchi hamon jabrlanganlarni qidiryapti. Tabiiyki, qurbonlar soni oshishi mumkin.
Musulmon Ziyo, O‘zA