Sanoat markazlari – Zarafshon va Uchquduq shaharlarining tashkil topish tarixi
Mirsaid Bektosh o‘g‘li JALILOV oʻqituvchi tarix fanlari boʻyicha (PhD) falsafa doktori Navoiy davlat universiteti Navoiy, Oʻzbekiston https://orcid.org/0009-0003-2938-161X mirsaidjalilov70@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada XX asrning ikkinchi yarmida Navoiy viloyatining mavjud cho‘l hududlarida sanoat korxonalari qurila boshlagani natijasida Zarafshon va Uchquduq shaharlarining paydo bo‘lishi, aholining ko‘chib kelib muqim o‘rnashish jarayonlari, shuningdek ushbu sanoat tarmoqlari joylashgan mazkur hududlarning sanoat markazlariga aylanganligi bayon etilgan. Mazkur sanoat shaharlariga aholining ko‘chib kelishi natijasida ular urbanizatsiyalashgan yirik shaharlarga aylanganligi dalillar asosida ochib berilgan.
Tayanch so‘zlar: pоsyolka, barak, galerinni, sanoat, Muruntov, karyer, uran, kumush, oltin, volfram, fosforid,