San’at va tarix uyg‘unlashgan maskan
Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivalida 40 dan ziyod mamlakatning 200 ga yaqin vakili, jumladan O‘mon Sultonligi “Al-Shahba’” xalq ijodiyoti guruhi ham faol ishtirok etdi.
–O‘zbekistonning betakror shahri Xivaga tarix yuragidan, ko‘hna Ad-Doxiliya viloyati Nizva shahridan O‘mon merosi, xalq ijodining nodir durdonasini keltirdik, – deydi ushbu jamoa rahbari Said bin Salom Al-Munziriy. – San’at bilan tarix uyg‘unlashgan maskanda o‘z yurtimizning hayratomuz madaniyati, san’ati va merosini taqdim etganimizdan behad mamnunmiz. Biz namoyish etgan bir-biri bilan chambarchas bog‘liq “Al-Razha” va “Al-Azi” O‘monning eng qadimiy xalq ijodiyoti namunalaridan biri sifatida shijoat va mardlik, vatanparvarlik, ulug‘vorlik fazilatlarini vasf etadi. “Al-Razha” inson his-tuyg‘usini ifodalaydigan umumiy vositadir. Bunday ijro uslubidan o‘tmishda, asosan, jangchilarni yig‘ish yoki g‘alabani e’lon qilishda oydalanilgan. Binobarin, hozirgacha to‘ylar, turli rasmiy marosimlarda mehmonlarni kutib olish, dam olish va o‘yin-kulgi uyushtirish uchun ayni shu qadriyatga murojaat qilishadi. Quvonarlisi, IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivalidagi chiqishimiz nafaqat tomoshabinlar, balki hakamlar tomonidan ham iliq kutib olindi. Bunday nufuzli anjumanlar biz san’atkorlarni yanada ruhlantiradi.

O‘monлик mehmon respublikamiz madaniy hayotida alohida o‘rin tutgan, milliy baxshichilik san’ati rivojida muhim ahamiyat kasb etgan mazkur festival xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy muloqotni mustahkamlashga ham munosib hissa qo‘shishini ta’kidladi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA