“Sanam”ning xaridorgir mahsulotlari
Qarshi shahridagi "Sanam" mas’uliyati cheklangan jamiyati Qashqadaryo viloyati yengil sanoatida yetakchi subyektlardan biridir. Joriy yilning o‘tgan davrida korxona tomonidan 50 ga yaqin turdagi 1 milliard 675 million so‘mlik tikuvchilik mahsulotlari yetkazib berildi.
Qarshi shahridagi "Sanam" mas’uliyati cheklangan jamiyati Qashqadaryo viloyati yengil sanoatida yetakchi subyektlardan biridir. Joriy yilning o‘tgan davrida korxona tomonidan 50 ga yaqin turdagi 1 milliard 675 million so‘mlik tikuvchilik mahsulotlari yetkazib berildi.Yaqinda bu yerda jinsi matosidan zamonaviy kiyim-kechaklar ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yildi. Korxona mahsulotlariga talab barqaror o‘sib borayotgani ishlab chiqarish sifati yuqori darajada ekanidan dalolat beradi.