SamDU voleybolchi qizlari – Universiada o‘yinlari g‘olibi
Samarqandda o‘tkazilgan CAVA Men’s and Women’s Unversiade Games-2026 musobaqasi yakunlandi.
Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan musobaqaning erkaklar bahsida sakkiz jamoa, ayollar bahsida esa olti jamoa g‘oliblik uchun bellashdi.
Erkaklar o‘rtasidagi Universiada o‘yinlari finalida Samarqand davlat pedagogika instituti jamoasi Turkmaniston voleybolchilariga qarshi maydonga chiqdi. Murosasiz kechgan bahsda turkmanistonlik voleybolchilar 3-1 hisobida zafar quchishdi. Uchinchi o‘rinni Qashqadaryo viloyatining Xalqaro innovatsion universiteti qo‘lga kiritdi.
[gallery-28744]
Ayollar bahsi finalida Samarqand davlat universiteti jamoasi Buxoro davlat universiteti qizlariga qarshi maydonga tushdi. Bu uchrashuvda mezbonlar 3-0 hisobida g‘alaba qozonib, Universiada o‘yinlari chempioni bo‘ldi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda turkmanistonlik qizlar Qozog‘istonning Taraz jamoasini mag‘lub etib, uchinchi pog‘onadan joy oldi.
G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat),
O‘zA muxbirlari