Samarqandlik yoshlar ham saylovda faol
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga oʻtkazilayotgan saylovlarda 200 ming nafar samarqandlik yoshlar ilk bor ishtirok etmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga oʻtkazilayotgan saylovlarda 200 ming nafar samarqandlik yoshlar ilk bor ishtirok etmoqda.
Jumladan, Samarqand shahridagi 63-saylov uchastkasida “Mustaqillik” va “Koʻksaroy” mahallalarida yashovchi 114 nafar yoshlar saylovda birinchi marta ovoz berdi.

– Saylovda ovoz berish masʼuliyatli ish ekan, – deydi “Mustaqillik” mahallasida yashovchi Malohat Sobirova. – Mening ovozim yurtimiz kelajagini belgilashda muhim ahamiyat kasb etishini oʻylab, nomzod tanladim. Siyosiy jarayondagi mening ilk tanlovim ona-Vatanimizning taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadi.

Samarqand viloyati saylov komissiyasining maʼlumotlariga koʻra, soat 17.00 gacha birinchi marta saylovda qatnashayotgan yoshlarning 178 ming nafardan ortigʻi ovoz berdi.
