Samarqandlik Osiyo chempionlari taqdirlandi
Camarqand viloyat hokimligida boks bo‘yicha Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan samarqandlik sportchilarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Shu yilning 5-15-iyul kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tgan chempionatda samarqandlik Sevara Mamatova, Sabrina Chakomanova va Gulsevar G‘aniyeva oltin medalni qo‘lga kiritib, Osiyo chempioni bo‘ldi.
Viloyat hokimi Adiz Boboyev chempionlar va ularning ota-onasi, ustozlarini tabriklab, sportchilarga jahon chempionatlari va olimpiada o‘yinlarida muvaffaqiyat tiladi. Sportchilarga viloyat hokimligining tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.



Shuningdek, chempionlarni nufuzli musobaqaga tayyorlagan murabbiylar – Furqat Mamatov, Mirjalol Jabborov hamda Xurshid Tursunov ham rag‘batlantirildi.
G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri