Samarqandda mavsumning yangi loyihasi "Start" oldi
Bugundan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar bilan ularni yaqindan tanishtirish hamda ularda davlat xizmatlaridan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida "Yoshlarga ko‘makchi" shiori ostida huquqiy maslahat va sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatish loyihalariga "start" berildi.
Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi va Samarqand viloyat Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbir mart oyi davomida viloyatdagi barcha tuman va shaharlarda davom eadi. Eng asosiysi, bunda eng chekka va olis hududlar qamrab olinishiga e’tibor qaratilgan.

Loyiha doirasida birinchi navbatda yoshlarga, shu jumladan aholiga huquqiy yordam ko‘rsatiladi. Talab va ehtiyojga qarab mobil avtobusda davlat xizmatlari sayyor tartibda ko‘rsatiladi. Shuningdek, xonadonma-xonadon yurilib, yoshlarning muammolari, ularni qiynayotgan masalalar tinglanadi hamda ularni joyida hal qilish choralari ko‘riladi.



Tadbir bugun Samarqand shahrining "Kimyogarlar" qo‘rg‘oni hamda Kattaqo‘rg‘on shahrining "Kunjipay" mahallasida boshlanib, ertadan viloyatning barcha hududlarida bosqichma-bosqich reja-jadval asosida davom ettiriladi.
O‘zA