Samarqandda 62 kishi koranavriusdan uyida davolanmoqda
Shu paytgacha viloyatda 734 nafar fuqaroda Covid-19 tashxisi rasman tasdiqlangan boʻlib, ularning 110 nafari viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida, 62 nafari uy sharoitida davolanmoqda.
Koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha tadbirlarni muvofiqlashtirish hududiy idoralararo Samarqand viloyat shtabining maʼlumotlariga koʻra, 2020-yil 19-iyul holatida viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida 110 nafar, Kattaqoʻrgʻon shahridagi reabilitatsiya markazida 14 nafar, Toyloqda 19 nafar, Samarqand tumanida 23 nafar, Paxtachida 14 nafar, Nurobodda 4 nafar, Pastdargʻomda 20 nafar, Payariqda 15 nafar, Qoʻshrabotda 11 nafar, Oqdaryoda 26 nafar, viloyat XOSPES markazida 90 nafar fuqaro umumiy karantin sharoitida saqlanmoqda.
Shu paytgacha viloyatda 734 nafar fuqaroda Covid-19 tashxisi rasman tasdiqlangan boʻlib, ularning 110 nafari viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida, 62 nafari uy sharoitida davolanmoqda.
Bundan tashqari, 3507 nafar samarqandliklar uy sharoitida, 346 nafari mavjud maxsus karantin punktlari hamda davolash-profilaktika muassasalarida karantin holatida saqlanmoqda.