"Samarkand Open" xalqaro turnirida ilk g‘oliblar ma’lum
Samarqand shahridagi muz saroyida taekvondo WT bo‘yicha "Samarkand Open" I xalqaro turniri davom etmoqda. Mazkur musobaqada kadetlar, o‘smirlar hamda kattalar yosh toifasida bahslar tashkil etilmoqda.
Unda Rossiya, Finlyandiya, Bahrayn, Belarus, Ozarbayjon, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan kelgan 1000 nafardan ortiq taekvondochilar bahslashmoqda.

Turnirning ilk kunida hamyurtlarimizdan Tamirbek Otabekov, Sultonbek Nabiyev, Artyom Reut, Ibrohim Xolmatov, Bogdan Xayrutdinov, Jahongir Karimov, Sardor Tursinboyev, Nikita Bibikov, Shabnam Muhammadova, Xushnoza Mansurova, Robiya Mirabzalova, Mardona Husniddinova, Marjona Tohirova, Patrisiya Xan, Rabboniya Ruslanova, Malika Shokirova, Darina Sarkiyeva kabi yosh taekvondochilarimiz shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA