Saidaʼlo va Shonigʻmatjon ikkinchi davrada
TЕNNIS. Pokistonning Islomobod shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan erkaklar oʻrtasidagi oʻtkazilayotgan “Fyuchers” turnirining birinchi davra bahslari yakunlandi.
Pokistonning Islomobod shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan erkaklar oʻrtasidagi oʻtkazilayotgan “Fyuchers” turnirining birinchi davra bahslari yakunlandi.Ushbu davrada Shonigʻmatjon Shofayziyev yaponiyalik Sora Fukudani 6:2, 6:3, isteʼdodli tennischimiz Saidaʼlo Saidkarimov esa rossiyalik Vladimir Polyakovni 6:3, 6:2 hisobida taslim qildi.
Afsuski, yosh tennischimiz Amal Sultonbekov mezbon Ahmad Choudxariga uch setda 6:3, 3:6, 4:6 hisobida magʻlub boʻldi.