Sahnada jasorat va sadoqat
FOTOREPORTAJ
Teatr inson qalbiga yo‘l topadigan, hayot haqiqatlarini san’at orqali ifoda etadigan ma’naviyat maskanidir. Sahna asarlari tomoshabinni ezgulik, vatanparvarlik, sadoqat va insonparvarlik kabi yuksak fazilatlar haqida mushohada yuritishga undaydi.
Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi San’at saroyida viloyat drama teatri aktyorlari ishtirokida «Chegarachi» spektakli namoyish etildi. Tomoshani harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari hamda yoshlar tomosha qildi.
[gallery-31253]
Sahna asarida Vatan sarhadlarini qo‘riqlash, yurt tinchligi va osoyishtaligini asrash, harbiy xizmatning sharafli va mas’uliyatli ekani ta’sirchan sahnalar orqali yoritildi.
Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitish maqsadida teatr tomoshalariga tashrif buyurish an’anaga aylangan. Bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar harbiy oilalarning mazmunli hordiq chiqarishi, san’atga qiziqishini oshirish va ma’naviy muhitini boyitishga xizmat qilmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA