Sahnada — “Adolat fasli”
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida namoyish etilgan “Adolat fasli” spektakli san’at ixlosmandlarida katta taassurot qoldirdi.
O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim asari asosida sahnalashtirilgan mazkur tarixiy dramani rejissyor Farhod Boltayev sahnalashtirgan bo‘lib, sahna bezaklari rassom Xayrulla Chorshanbiyev tomonidan yaratilgan.
Spektaklda buyuk davlat arbobi va sarkarda, Sohibqiron Amir Temurning hayoti, uning adolatparvarlik tamoyillari, davlat boshqaruvidagi qarashlari hamda yurt taraqqiyoti yo‘lidagi sa’y-harakatlari badiiy talqin etilgan.
Kuchli dramaturgiya, ta’sirchan sahna yechimlari va aktyorlarning mahoratli ijrosi tomoshabinlarni tarix sahifalari bag‘riga yetaklab, asar g‘oyasining ta’sirchanligini yanada oshirdi.
Spektakl namoyishida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, nuroniylar, madaniyat va san’at namoyandalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
[gallery-30037]
Badiiy jihatdan yuksak baholangan sahna asari milliy tariximizda muhim o‘rin tutgan davr voqealarini yodga solib, ajdodlar merosiga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
Tomoshabinlar e’tirofiga ko‘ra, “Adolat fasli” tarixiy xotira, adolat va vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etuvchi muhim madaniy voqealardan biri bo‘ldi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA