Safarov Sunnatulla Satorovichning tibbiyot fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Jigar exinokokkozi yiringli-septik asoratlarining profilaktikasi va yakuni istiqbolini belgilashning klinik-immunologik jihatlari» mavzusida
Safarov Sunnatulla Satorovichning 14.00.27 – «Xirurgiya», 14.00.36 – «Allergologiya va immunologiya» ixtisosliklari bo‘yicha «Jigar exinokokkozi yiringli-septik asoratlarining profilaktikasi va yakuni istiqbolini belgilashning klinik-immunologik jihatlari» mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03 raqamli bir martalik Ilmiy kengashning 2024 yil 19 noyabr kuni 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi, 18-uy.
Tel: +998 66 233 08 41; faks: +998 66 233 71 75
e-mail: sammu@sammu.uz