“Saddi Iskandariy”da hukmdor obrazi
Iroda Mamayunusovna PARDAYEVA dotsent Samarqand davlat chet tillari instituti Samarqand, O‘zbekiston e-mail: pardayevairoda74@mail.com
Annotatsiya
Maqolada Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostoni asosida Iskandar obrazi har tomonlama ilmiy tahlil qilingan. Dostonda Iskandar timsolining an’anaviy tarixiy va afsonaviy talqinlardan farqli jihatlari, uning adolatparvar, ilmparvar va xalqparvar hukmdor sifatidagi qiyofasi ochib berilgan. Iskandarning shaxsiyati faqat jahongir sarkarda sifatida emas, balki ijtimoiy adolatni qaror toptiruvchi, ilm-fan homiysi va ma’naviy kamolot sari intiluvchi ideal shaxs sifatida asoslab berilgan.
Tayanch so‘zlar: ideal hukmdor, komil inson, adolat konsepsiyasi, Sharq adabiyoti, falsafiy-didaktik doston, Arastu, badiiy talqin, ilm va hikmat, davlat boshqaruvi.