Sabina Sharipova Rossiyada o‘ynaydi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova saralash bahslarida ishtirok etadi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida xotin-qizlar o‘rtasida “St. Petersburg Ladiyes Trophy – 2018” turnirining saralash bahslariga qur’a tashlandi.29 yanvardan 4 fevral kuniga qadar davom etadigan musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova saralash bahslarida ishtirok etadi. U “Premiyer” turkumiga kiruvchi “St. Petersburg Ladiyes Trophy – 2018” turnirining asosiy to‘riga chiqish uchun ispaniyalik Lara Arruabarrenaga qarshi kortga chiqadi.
Saralash o‘yinlarining birinchi davrasidagi mazkur uchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan 20:30 dan so'ng boshlanadi.