Rustam Assakalov ham yarim final yo‘lida to‘xtadi
Yunon-rum kurashchimiz, ikki karra jahon chempionati sovrindori Rustam Assakalov (-87 kg) "Tokio–2020" Olimpiadasida chorak final bahsini o‘tkazdi. Unga ushbu bosqichda xorvatiyalik Ivan Xuklek raqiblik qildi.
Murosasiz kechgan kurashda xorvatiyalik kurashchi g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.
Xorvatiyalik kurashchiga qarshi bahsning birinchi bo‘limida yo‘l qo‘yilgan birgina xato barchasini hal qildi. Ivan Xuklekning ishlab olgan 4 ochkosidan so‘ng kurashchilar boshqa ochko olishmadi. Endi bor umidimiz Xuklekning finalga yo‘l olishidan. Shundagina Assakalov bronza medali uchun kurashni davom ettiradi.
O‘zA