Rossiyaga amaliy tashrif yakunlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrifi yakuniga yetdi.
Davlatimiz rahbari Sankt-Peterburgdagi tadbirlar doirasida 4-iyun kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Yetakchilar O‘zbekistondagi birinchi integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi qurilishini boshlash marosimida ishtirok etdilar.
Prezidentimiz 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining tadbirlarida qatnashib, yalpi yig‘ilishda nutq so‘zladi.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, Prezidentimiz Toshkent shahriga jo‘nab ketdi. “Pulkovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.