Rossiyada ishlashga taklif qilingan Peru fuqarolari urushga yuborilgani aniqlandi (+video)
Bugun dunyo siyosati va xavfsizligi keskinlashgan holatlar bilan e’tiborni tortmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp Eronning yangi tinchlik taklifini rad etganini bildirar ekan, uni nomaqbul deb atadi, biroq muzokaralar davom etayotganini ham qayd etdi. Eron esa mojaroni tugatish va sanksiyalarni yumshatish bo‘yicha 14 banddan iborat taklifni ilgari surgan. Tomonlar pozitsiyasi turlicha bo‘lsada, diplomatik muloqot davom etmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/mrlGJZmGfR4" title="Rossiyada ishlashga taklif qilingan Peru fuqarolari urushga yuborilgani aniqlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Shu bilan birga, Atlantika okeanida kruiz kemasida hantavirus tarqalishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, yana bir necha bemor og‘ir ahvolda. AQSHning Texas shtatida sportchilarni olib ketayotgan kichik samolyot halokatga uchrab, besh kishining barchasi halok bo‘lgani ma’lum qilindi. Har ikki hodisa yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.
Rossiyada ishlash va’dasi bilan olib ketilgan Peru fuqarolari urush harakatlariga jalb etilgani ham jiddiy xalqaro rezonansga sabab bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yuzlab peruliklar aldov yo‘li bilan olib borilgan va ulardan kamida o‘nlab odam halok bo‘lgan. Peru hukumati va huquq faollari bu holat yuzasidan tergov boshlagan.
Yaqin Sharqda ham keskinlik saqlanib qolmoqda. Eron Hurmuz bo‘g‘ozini AQSH uchun «kemalar qabristoni»ga aylantirishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bunga javoban AQSH tomoni harakatlarni keskin baholab, mintaqadagi vaziyatni nazorat ostida ushlab turayotganini bildirdi.
Shu bilan birga, Isroil kelgusi 10 yil ichida mudofaa sanoatini rivojlantirish uchun 119 milliard dollar ajratishni rejalashtirmoqda. Bu mablag‘lar qurol ishlab chiqarishni kengaytirish va importga qaramlikni kamaytirishga yo‘naltiriladi. So‘nggi yillarda esa Isroilga AQSH va Yevropa davlatlaridan yirik harbiy yetkazib berishlar davom etmoqda.
Nozimbek Mardonov, Iskandar Ismatov O‘zA