Rossiya Yevro-2036ga mezbonlik qilishi mumkin
Rossiya har qanday darajadagi musobaqani o‘zida qabul qilishga tayyor va buni ko‘p marotaba isbotlagan.
Rossiya Premyer-ligasi rahbari Aleksander Alayev 2036-yildagi Yevropa chempionati mezbonligi uchun ariza topshirilishi mumkinligi haqidagi savollarga javob berdi.
"Rossiya har qanday darajadagi musobaqani o‘zida qabul qilishga tayyor va buni ko‘p marotaba isbotlagan. Barcha stadionlarimizning holatini ko‘rib turibsiz, a’lo darajada. Men ariza topshirishni ikki martalab qo‘llab-quvvatlayman", - dedi Alayev.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 2018-yildagi jahon chempionatini o‘zida qabul qilgan edi. O‘shanda Stanislav Cherchesov boshchiligidagi Rossiya terma jamoasi mundialning chorak finaligacha yetib borib, Xorvatiyaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan.