Rossiya Federatsiyasi Administratsiyasi rahbari birinchi o‘rinbosari Toshkentdagi “Svyato-Uspensk” kafedral soborida bo‘ldi
Mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Administratsiyasi rahbari birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko boshchiligidagi delegatsiya Rus pravoslav cherkovining Toshkent shahridagi “Svyato-Uspensk” kafedral soboriga tashrif buyurdi.
Turli dinlarga e’tiqod qiluvchi xalqlar, millatlar azaldan tinch-totuv yashab kelayotgan O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik tushunchasi davlat darajasida mustahkamlangan.
Bugungi kunda yurtimizda 150 dan ortiq milliy madaniy markaz, 16 ta konfessiyaga mansub 2300 dan ortiq diniy tashkilot, shu jumladan, Rus pravoslav cherkovi erkin faoliyat olib bormoqda.
[gallery-28776]
“Svyato-Uspensk” kafedral sobori rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi hamda O‘rta Osiyo mitropolik okrugi markaziy ibodatxonasi sanaladi.
Ibodatxona hududida Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi Diniy-ma’muriy markazi hamda Toshkent xristian seminariyasi ham faoliyat olib boradi.
Yuqori martabali mehmon tashrif doirasida Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi va O‘rta Osiyo mitropolik okrugi rahbari mitropolit Vikentiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Abdulaziz RUSTAMOV,
Nosirjon HAYDAROV(surat),
O‘zA