Rossiya Britaniya diplomatini josuslikda ayblab mamlakatdan chiqarib yubordi (+video)
Bugun dunyoning turli nuqtalarida bir qator muhim voqealar sodir bo‘ldi. Xalqaro siyosatdan ilm-fan va favqulodda hodisalargacha bo‘lgan yangiliklarni e’tiboringizga havola qilamiz.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/f8GmoUPjbpU" title="Rossiya Britaniya diplomatini josuslikda ayblab mamlakatdan chiqarib yubordi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Xalqaro kosmik stansiyadan evakuatsiya
Xalqaro kosmik stansiyadan evakuatsiya qilingan to‘rt astronavt bugun Yerga xavfsiz qo‘ndirildi. Ularning missiyasi sog‘liq bilan bog‘liq jiddiy muammo tufayli bir oy oldin tugatilgan edi. NASA tafsilotlarni oshkor qilmagan, ammo ekipaj a’zolari barqaror holatda ekanini ma’lum qildi. Bu 1998 yildan beri kosmik stansiyada astronavt sog‘lig‘i sabab amalga oshirilgan ilk evakuatsiya hisoblanadi.
Rossiya va Buyuk Britaniya munosabatlari
Rossiyaning Federal Xavfsizlik Xizmati Moskvadagi Britaniya elchixonasining bir diplomatini josuslikda ayblab mamlakatdan chiqarib yubordi. London hukumati ayblovlarni asossiz deb hisoblab, javob choralarini ko‘rib chiqmoqda.
AQSH immigratsiya vizalari to‘xtatildi
AQSH hukumati 21 yanvardan boshlab 75 ta davlat fuqarolari uchun immigratsiya vizalarini vaqtincha to‘xtatadi. Ushbu chora tizimli tekshiruv va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qabul qilindi.
Xalqaro Valyuta Fondi rahbarining Kiyevga tashrifi
IMF bosh direktori Kristalina Georgiyeva Kiyevga tashrif buyurib, Ukraina rahbariyati bilan iqtisodiy barqarorlik va moliyaviy islohotlar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda. Bu tashrif Rossiyaning Ukraina hududiga bosqini boshlangani to‘rt yil to‘lishi arafasida amalga oshirilmoqda.
Polsha Grenlandiyaga harbiy kuch yubormaydi
Polsha bosh vaziri Donald Tusk Grenlandiyaga askar yubormasligini e’lon qildi. U NATO a’zolari hududiy yaxlitlik va xavfsizlikni birgalikda himoya qilishga majbur ekanini ta’kidladi.
Eron va Iroq havo hududlari
Eron va Iroq havo hududlari qayta ochilgan bo‘lsada, Lufthansa, Wizz Air va British Airways kabi aviakompaniyalar xavfsizlik sababli bu hududdan uchishdan voz kechmoqda. Yo‘lovchilar uchun alternativ yo‘nalishlar tanlanmoqda.
Kanada-Xitoy diplomatik hamkorligi
Kanada bosh vaziri Mark Carney Pekinga tashrif buyurib, Xitoy bilan savdo, xavfsizlik va strategik hamkorlikni kengaytirishga umid bildirdi. Muzokaralarda ikki tomonlama savdo hajmini oshirish, investitsiya loyihalarini rag‘batlantirish va mintaqaviy xavfsizlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Nozimbek Mardonov, Yoqub Meliboyev — O‘zA