Ronaldusiz Portugaliya AQSHni yengdi
Portugaliya terma jamoasi Atlantadagi "Mersedes-Benz" stadionida bo‘lib o‘tgan AQSHga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Bahsda germaniyalik Sven Yablonski bosh hakamlik qildi.
G‘oliblar tarkibida Fransishku Trinkan va Joau Feliks gollarga mualliflik qilishdi, golli uzatmalar esa Brunu Fernandesh hisobiga yozildi.
Ushbu o‘yinda Portugaliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar Krishtianu Ronaldu jarohat sabab maydonga tushmadi.
Har ikki milliy terma jamoa AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan bo‘lajak jahon chempionatida ishtirok etadi.
Portugaliya terma jamoasi bir guruhda Kolumbiya, O‘zbekiston va DR Kongo bilan o‘ynaydi. AQSH esa Paragvay, Avstraliya va Turkiya jamoalariga qarshi bahs olib boradi.